15 onlayn
UZ RU EN

Suhbat

11.08.2026 09:34 61 marta ko'rildi

Suhbat

Jalaquduq tuman Axborot-kutubxona markazida “Qadriyatlarimiz — millatimiz faxri va ma’naviy merosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizning xalqimiz hayotidagi o‘rni, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishning ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan bebaho ma’naviy meros, milliy o‘zligimiz va qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida kutubxonada tashkil etilgan “Qadriyat bor ekan - millat barhayot” nomli kitob ko‘rgazmasiga sharh berildi. Ko‘rgazmadan milliy qadriyatlar, tarix, ma’naviyat, urf-odat va an’analarimizga oid adabiyotlar o‘rin oldi.

Suhbat yakunida ishtirokchilar milliy qadriyatlarimizni asrash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va ularni kelajak avlodga yetkazish har birimizning muhim burchimiz ekanini ta’kidladilar.

PDF Ko'rish
Kutubxona bot Onlayn
Salom! 👋 Qanday yordam bera olaman?